Men Latın Amerikaga bolgan qiziqishim bolaligimdan boshlangan. Aynan shu mintaqaga bo’lgan qiziqishim meni ispanyol va portugal tillarini o’rganishga undadi. Universitetni tugatgach, hayotimni turizm bilan bog’lashni xohladim. IECda menga ideal dastur tanlab berishdi – Meksikada, aynan mehmonxona sohasida stajirovka. Bir yarim oy ichida barcha kerakli hujjatlarni to’pladim va yo’lga chiqdim! Men Ispaniyaning Bahia Principe mehmonxona tarmog’ida stajirovka o’tadim, u yerda mehmonxonaning deyarli barcha bo’limlarida ishladim, ajoyib odamlar bilan tanishdim va yana ko’proq tillarni o’rgandim. Bu tajriba menga boshqa mamlakatlarning xalqlari madaniyatini bilishga bo’lgan yanada kuchli istakni uyg’otdi. Men odamning o’ziga qilishi mumkin bo’lgan eng yaxshi sarmoya – bu o’z ta’limiga va boshqa madaniyatdagi odamlar bilan tanishish, ko’plab ijobiy his-tuyg’ular va tajriba beradigan narsalarga sarmoya kiritish ekanligini hisoblayman.